
Xabaringiz bor, 2022-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi o‘rtasida talabalarning qisqa metrajli filmlarini moliyalashtirish bo‘yicha memorandum imzolangandi.
Bugun agentlikning majlislar zalida institut talabalari tomonidan Badiiy kengashga taqdim etilgan 30 ga yaqin ssenariyning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in ruhda o‘tgan muhokamada O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov ham ishtirok etib, talabalarga ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ular tomonidan yaratiladigan filmlar esa xalqimiz uchun o‘ziga ma’naviy ozuqa bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kelishuvga muvofiq, agentlik va institut tarafidan bitiruvchi talabalarga o‘zlarining qisqa metrajli filmlarini suratga olish bilan bog‘liq xarajatlar uchun mablag‘ ajratilishi ko‘zdan tutilgan.