Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig’ilish o’tkazildi

Joriy yilning 5-mart kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, tyutorlar ishtirok etdi.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Dastavval, institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev joriy yilning 4-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan muhim vazifalar, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

– Institut tomonidan yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida yanada samarali ishlarni bajarish lozim, – dedi professor I.Yо‘ldashev. – Chunki mamlakatning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari, kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari shart. Institutning rahbar kadrlari, mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak. Talabalar bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lishi joiz. Bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi lozim.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qayd etilganidek, bugungi kunda talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan 105 mingta vakant ish o‘rni mavjud. Ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida – 22 mingtadan, sanoatda – 17 ming, sog‘liqni saqlashda – 9 ming, qurilish va qishloq xo‘jaligida – 6 mingtadan, moliya sohasida – 3 ming, aloqa va IT sohasida – 2,5 ming ish o‘rni bor.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

– Mutasaddilar ishlashga ehtiyoji bor talabalarga yordam berib, ularning bandligini ta’minlashi shart, – dedi davlatimiz rahbari.

Yig‘ilishda bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir rahbarligida respublika komissiyasi tuzilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, viloyat hokimlari boshchiligida hududlarda ham shunday komissiyalar tashkil etiladi.

Komissiya viloyat hokimlari va rektorlar bilan birga vakant o‘rinlarni tahlil qilib, har bir viloyat bo‘yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi kurs talabalarining kamida 30-40 foizini ishga joylash choralarini ko‘radi. Bundan tashqari, bitiruvchi kurslar talabalarining kelgusidagi ish joyini belgilab oladi va ularni haq to‘lanadigan 3-4 oylik stajirovkaga yuboradi. Davlatimiz rahbari oliygohlardagi bo‘sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, to‘garaklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish orqali ish o‘rinlari yaratish mumkinligini ta’kidladi. Rektorlar oliygohlarning yo‘nalishiga qarab, aholi va tadbirkorlarga pullik xizmatlar ko‘rsatib, 5 ming nafar talabaga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini yaratishi shartligi qayd etildi.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Mutasaddilarga har bir oliygohda bir oy muddatda bandlik markazlari, shuningdek, o‘n kun muddatda bu yerdagi bo‘sh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratib, kamida 10 tadan pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish vazifasi topshirildi. Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan ish bilan band bo‘ladi. Ushbu ishlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi. Jumladan, oliygohlar hududida pullik o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa xizmatlarni tashkil etgan talabalar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Umuman, talabalarning oliygohlar hududidagi loyihalari uchun 100 milliard so‘m kredit resurslari ajratilishi ko‘rsatib o‘tildi. Davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022-yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi aytildi. Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirish vazifasi belgilandi.

Davlatimiz rahbari viloyat va shahar hokimlari rektorlar bilan birgalikda oliygohlar va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yib, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilishi lozimligini ta’kidladi. Bunda viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi belgilandi. Viloyat hokimlari ikki oy muddatda oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o‘rtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta’minlashi belgilandi.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Shuningdek, yig‘ilish davomida professor Ibrohim Yо‘ldoshev institut talabalarini ish bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etib, ta’lim dargohida tahsil olayotgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi.

– Institutning rahbar kadrlari, mas’ullarini ta’lim dargohimizdagi yoshlarni ish bilan ta’minlanishiga juda jiddiy ahamiyat qaratishlari lozim, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Yoshlarimizning talabalik davrlaridan mehnat faoliyatini olib borishlari nafaqat moddiy jihatdan, balki ish tajribalarini mukammal darajada o‘rganishiga, bilim ko‘nikmalarini rivojlantirishiga katta yordam beradi. Bir so‘z bilan aytganda, talabalar hamda ish beruvchilar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida talabalarga ma’lumot berish kabi samarali ishlarni amalga oshirish lozim.

Qolaversa, yig‘ilish davomida aytilganidek, tyutorlarning asosiy maqsadi taʼlim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda unstitut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning ta’lim dargohi hayoti va taʼlim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi, yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini taʼminlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

–Yana bir ahamiyatli jihat xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar, tyutorlar Talabalar turar joylaridagi sanitariya gigiyena holatlarini yanada yaxhilash, yangi jihozlar bilan ta’minlash borasida qilinayotgan o‘zgarishlar, Talabalar turar joyida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar, qizlar uchun tikuvchilik xonalarini tashkil etish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishishi, ular bilan suhbatlashib, qiziqtirayotgan savollariga javob berishlari lozim.

Chunki bu yerda talabalarning ovqatlanishi, internet tarmog‘idan foydalanish, kitob mutola qilishi, gazeta va jurnal o‘qishi, aqliy salohiyatlarini, bilim darajalarini oshirishi, televizor tomosha qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda manan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida talabalar turar joylarida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonalari tashkil etilgan. Binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud. Kompyuter xonasida yangi, zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, institut o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida yangi, interfaol pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Ilmiy tadqiqot ishlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan natijalar, yoshlar tashabbuslarini aniqlash, talabalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida aytildi.

Talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig'ilish o'tkazildi

Qolaversa, e’tirof etildiki, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi ustoz-murabbiylardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi. Madaniyat sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlash jarayonida institut auditoriyalaridagi sifatli darslar va amaliyot davomida olingan nazariy hamda amaliy bilimlarning roli beqiyosdir.

Ushbu yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.

image_pdfimage_print