Talaba shijoati — oliygoh ravnaqi

Talaba shijoati — oliygoh ravnaqi

15-dekabr kuni O‘zbekiston davlat va san’at instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori Eldor Shermonov 1-Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Talaba shijoati — oliygoh ravnaqi
— Hozirda davom etayotgan epidemiologik vaziyatda ta’tilni karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazish;
— Talabalar turar joyiga kechqurun belgilangan vaqtda yetib kelish hamda yotoqxona qoidalariga amal qilish;
— Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
— Institutda tahsil olayotgan talabalar uchun fitnes zali hamda sport musobaqalarini tashkil etish;
— Rejissyor va ssenariynavis talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy roliklar tanlovini e’lon qilish;
— Yanvar oyida maqom musobaqasini tashkillashtirish.
Talaba shijoati — oliygoh ravnaqi
Shuningdek, prorektor tomonidan “Mahallada duv-duv gap” loyihasida faol ishtirok etayotgan talabalarga tashakkur bildirildi hamda yotoqxonadagi oshxonalar va yuvinish xonalaridagi sharoit o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Talaba shijoati — oliygoh ravnaqi

image_pdfimage_print