Ta’ziya

Ta'ziya

 

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori, siyosiy fanlar nomzodi, “Shuhrat” medali sohibi Haydarov Azamat Haydarovich 2021-yil 22-iyul kuni olamdan o‘tdi.
Azamat Haydarov 1957-yil 20-may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. 1980-yil Toshkent davlat Madaniyat instituti, 1996-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
A.Haydarov 2014- yildan buyon Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish kafedrasida ishlab, talabalarga bilim berib kelayotgan edi. Shu yillarda uning mutaxassislik bo‘yicha ko‘plab o‘quv adabiyotlari nashrdan chiqdi. U sohaning chinakam jonkuyari edi. Talabalar undan motivatsiya olib, kelajakda etuk kadrlar bo‘lishga intilardi. U madaniyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha takliflarini amalda qo‘llagan yetuk mutaxassis edi.
A.Haydarov Madaniyat ishlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Malaka oshirish” fakulteti dekani, “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori kabi lavozimlarda jonkuyarlik bilan mehnat qilib, soha rivojiga katta hissa qo‘shgan fidoyi mutaxassis edi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print