1

Ta’lim sifatini rivojlantirish dolzarbligini yo‘qotmaydi

Ta’lim sifatini rivojlantirish dolzarbligini yo‘qotmaydi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sobir Jumayev boshchiligida bir qator dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida tijoratlashtirish masalasi alohida ahamiyat kasb etishi va bu borada jadal harakatlar amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi. Jumladan, institutning joriy yil bahorda o‘tkaziladigan tijoratlashtirish forumida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarga ilmiy rahbarlar tayinlanishi hamda ularga ilmiy-ommaviy mavzular berish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

Qolaversa, ta’lim sifatini nazorat qilishga keng miqyosda e’tibor qaratish kerakligi aytib o‘tildi. Talabalarning dars jarayonlaridan xabardor bo‘lish, ular bilan birgalikda ochiq darslar, mahorat darslari tashkil etish lozimligi belgilab olindi.

Shu bilan birga, kafedra o‘qituvchilarining xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda ishtiroki nazorat qilinishi ma’lum qilindi.