1

Ta’lim sifati — taraqqiyot kafolati

Ta’lim sifati — taraqqiyot kafolati

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr san’ati fakulteti “Sahna nutqi” kafedrasi tomonidan “Sahna nutqi masalalari: maummo va yechimlar” mavzusida ilmiy seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminar-treningni institut rektori v.b. Eldor Shermanov ochib berdi hamda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Seminarni tashkil etishdan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan ta’lim sifatini oshirish hamda ona tilini yanada yuksaltirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish yo‘lida talabalarda sahna nutqi va uning eng muhim masalalari yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirish, dolzarb muammolarni aniqlash, malakali kadr bo‘lishiga ko‘maklashish, qolaversa, sahna nutqi ustalarining ilmiy merosini tiklash, an’analarni ilmiy tadqiq etish, uni bo‘lajak aktyor va rejissyorlarga yetkazish, kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy maqola yozish ko‘nikmasini oshirish, izlanishlar natijalarini xorijiy jurnallarda chop ettirishdan iboratdir.

Trening davomida professor va dotsent o‘qituvchilar tomonidan maruzalar o‘qildi. Unda nutqda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish choralari, sahna nutqining shakllanishi va rivojlanishi, badiiy so‘z ijrochiligida adabiy matnlarning qo‘llanilishi, masal janri metodikasi va boshqa masalalar ilgari surildi.