1

Ta’lim sifati nazorati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Ta’lim sifati nazorati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulaziz Nurullayev boshchiligida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida fakultetlarda talabalar davomati, ijro intizomi, dars sifati masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, HEMIS platformasida o‘quv jarayonining holati hamda darslarni belgilangan muddatdan ortiq ravishda qoldirgan talabalarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi ta’kidlandi.

Qolaversa, kafedralarning oylik o‘quv yuklamalarini topshirish holati muhokama qilindi.

Bundan tashqari, 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari qabuliga oid takliflar va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar o‘rganildi hamda bu boradagi ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilishi lozimligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.