1

Ta’lim dargohimizning iqtidorli yoshlari – bizning faxrimiz!

Ta’lim dargohimizning iqtidorli yoshlari – bizning faxrimiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-son farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil l3-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilida a’lo baholarda o‘qishi, ilmiy faoliyat olib borishi hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Kino va televedeniye rejissorligi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Iroda Nurmuxammedova hamda “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Doston Xamidov Alisher Navoiy Davlat stipendiyasi, “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” 4-bosqich talabasi Pirmuhammad Xolmaxmatov esa Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishdi.



Shu o‘rinda aytish lozimki, ta’lim dargohimizda iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya va seminarlarga jalb qilish, shuningdek, ilmiy va ommaviy nashrlarda maqola, hikoya va she’rlarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Institutimizning butun jamoasi mana shunday zukko talabalarning borligidan faxrlanadilar. Bu yoshlarimiz oʻz sohasining bilimdoni va yetuk mutaxassisi boʻlib, mamlakatimiz taraqqiyotida munosib hissalarini qo‘shadilar.

Sobir Jumayev,
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori