“Students cup” turnirining Toshkent shahar bosqichi g’oliblari taqdirlandi

“Students cup” turnirining Toshkent shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston professional futbol ligasi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan “Students cup” mini-futbol musobaqasining Toshkent bosqichida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat” jamoasi oliygohimiz sharafini munosib himoya qildi.
Ushbu musobaqada Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti talaba-yoshlaridan iborat jamoalarni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.
Ushbu bosqichda esa О‘zbekiston Milliy universiteti hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari yetib keldi. Inistitutimiz jamoasi raqiblarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

“Students cup” turnirining Toshkent shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi

Mana shunday qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan bahslarda munosib ishtirok etib, muvaffaqiyatga erishgan, “Madaniyat” jamoasini “Students cup” mini-futbol musobaqasining Toshkent bosqichi chempioni bo‘lishi uchun astoydil harakat qilgan talaba sportchilarimiz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati tomonidan “Xiaomi Redmi Note 10” telefonlari bilan taqdirlanishdi.

“Students cup” turnirining Toshkent shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi

“Students cup” turnirining Toshkent shahar bosqichi g'oliblari taqdirlandi

Shu munosabat o‘tkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish alohida ahamiyat qaratilmoqda. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Yosh avlod¬ning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani tufayli mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda.

image_pdfimage_print