
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Eldor Shermanov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida sport to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish vazifasi asosiy masala sifatida ilgari surildi. Jumladan, har bir fakultet o‘rtasida sportning futbol, voleybol, basketbol, kurash, shaxmat, shashka kabi turlari faoliyatini tashkil etish va musobaqalar o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, mas’ul xodimlar zimmasiga talabalar o‘rtasida intellektual olimpiadani keng qamrovda va yuqori saviyada o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.
Qolaversa, talabalar o‘rtasida yurtimizning atoqli adiblari hayoti va ijodi targ‘ibotini o‘tkazish, turli viktorina va tadbirlar tashkil etish kerakligi aytib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida tyutorlar faoliyatiga oid hisobotlar tinglandi hamda jarayonlarda qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatayotgan tyutorlarga tegishli chora ko‘rilishi belgilandi.