So‘z mulkining sultoniga ehtirom

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi buyuk mutaffakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligini nishonlash maqsadida Adiblar xiyobonida joylashgan shoir haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Tadbir davomida Navoiy siymosi haqida fikr-mulohazalar yuritildi hamda shoirning g‘azallaridan o‘qildi.
Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar institutda keng qamrovda nishonlanmoqda.