1

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi ilgari surildi. Jumladan, Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O‘zDSMIning taniqli san’atkorlari hamda ijodkor talabalari tomonidan yil davomida turli tadbirlar va konsertlar tashkil etish orqali milliy madaniyat va san’atimiz targ‘ibotini keng yoyish, qolaversa, o‘zaro hamkorlik natijasida xorijiy mamlakatlarda ham qadriyatlarimizni namoyon etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, O‘zDSMIning “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” ta’lim yo‘nalishi hamda Singapur menejmentni rivojlantirish institutining menejment sohasida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni shakllantirish, birgalikda yangi loyihalar yaratish borasida takliflar bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida ikkala oliygoh o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.