1

Shokir Xoliqov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Shokir Xoliqov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

29-sentyabr kuni “Kino, televediniye va radio rejissyorligi” kafedrasi talabalari uchun yosh kinoijodkor Shokir Xoliqov tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.

Shokir Xoliqov ayni damda “Kino va televediniye rejissyorligi” mutaxassisligining 2-bosqich magistranti hisoblanadi. Uning “Bizni tushunmaydilar”, “Qiz va bulut”, “Tinchlik. Virus. Odam. “Tabiat”, “Choy”, “Messi” filmlari koʻplab xalqaro tanlovlar va festivallarda yuqori baholanib, jami ellikdan ortiq gran-prilariga sazovor boʻlgan.

Birgina “Qiz va bulut” va “Choy” qisqa metrajli filmlari unga 20 ming AQSH dollaridan ortiqroq mablagʻ keltirdi. Qolaversa, Qozogʻistonda oʻtkazilgan ssenariylar festivalida film suratga olish uchun 5 mln AQSH dollari sohibiga aylanib, ushbu mamlakatda faoliyat olib bormoqda. Shokir Xoliqov Oʻzbekiston sanʼat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, professor Mahkam Mahammetovning shogirdi hisoblanadi.

Mahorat darsi davomida yosh yigit-qizlar mana shu dargohda tahsil olgan Shokir Xoliqovdan katta motivatsiya hamda kerakli maslahatlarni oldi.