Sharqona raqs jilosi

Sharqona raqs jilosi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatrida Xalq ijodiyoti fakulteti “Ashula va raqs” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Husnida Abdusalomovaning “Raqs jilosi” nomli konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert davomida tomoshabinlar talabamiz tomonidan namoyish etilgan bir-biridan go‘zal raqs ijrolaridan bahramand bo‘lishdi.

Husnida Abdusalomova liboslardan tortib raqs uslubiga qadar sharqona milliylikka ahamiyat qaratgani bilan diqqat markazida bo‘ldi hamda gulduros qarsaklarga sababchi bo‘ldi.

Shu bilan birga, institut rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan talabamiz haqida iliq fikrlar bildirildi hamda uning kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyat tilandi.

image_pdfimage_print