“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi

“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi

Joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining zamonaviy talablarga javob beradigan, sо‘nggi texnik jihozlar bilan ta’minlangan O‘quv teatri binosida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati vakillari, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi deputatlari, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi ishtirok etdi.
“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi

“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi
Dastavval, aholiga joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqoli) saylovi tartiblari hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Ayni paytda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovini qonunda belgilangan tartibda o‘tkazish bo‘yicha barcha tegishli choralar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilib, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga, shuningdek, ularni yuksak maʼnaviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini oʻz zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinayotgani eʼtirof etildi.
“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi
Ta’kidlandiki, mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi sifatida xizmat qiladigan, jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat, qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, insonlarni jamiyatning bir qismi bo‘lishga o‘rgatadigan ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.
“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi
Har bir nomzod o‘zlarining tarjimayi holi va saylovoldi dasturi, kelgusidagi faoliyati haqida ma’lumot berishdi. Oqsoqolni saylash yashirin ovoz berish orqali amalga oshirildi.
Saylov qonun doirasida shaffof, ochiqlik tamoyillari asosida yuqori saviyada tashkil etildi.
“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi
Saylovda mahalla fuqarolari o‘zlari uchun eng ma’qul bo‘lgan, mamlakatimiz ravnaqini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali islohotlarga, o‘zining munosib hissasini qo‘shishga intilayotgan nomzodga ovoz berishdi.
“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, dilrabo kuy-qо‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud etib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
“Shahriobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov o‘tkazildi

image_pdfimage_print