Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasi poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 284-umumtaʼlim maktabida tashrif buyurishdi.

“Porloq kelajakka qadam – mening mahallam bilan!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tashkil etilgan tadbir O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, professor Аhmadjon Dadayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sayqal” ansambli vakillarining bir biridan ajoyib musiqalari bilan boshlandi.

Bayramona kechada mahalla faollari, hududdagi tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilari, o‘quv muassasalari direktorlari, mehnat faxriylari, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar vakillari, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar jam bo‘lishdi.

Darhaqiqat, mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta’minlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi.

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan tadbir davomida ta’kidlanganidek, mana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, bayramona kechalarni muntazam o‘tkazish orqali mamlakatimizdagi samarali islohotlarning mazmun-mohiyati xalqimizga yetkaziladi, fuqarolar qalbida bugungi kunimizga shukronalik va ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini yanada oshirishga erishiladi. Shuningdek, mazkur tadbirning ahamiyati, vazifalari hamda bundan ko‘zlangan ezgu maqsadlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar eʼtirof etildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalari tomonidan chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, mumtoz ashulalar aytildi.

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Qolaversa, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishi bo‘lib o‘tdi. Xonandalarimiz tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflandi. Yoshlarimiz bularni dildan his qilib, teran idrok etishmoqda. Bunday tadbirlar yoshlarimizni maʼnaviy jihatdan sog‘lom qilib voyaga yetkazish, Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirish, milliy o‘zligimiz hamda dunyoni chuqur anglaydigan insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda aytish joizki, mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Ayniqsa, uyushmagan yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar soʻnggi yillarda yangi bosqichga koʻtarildi.

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

image_pdfimage_print