Sergeli tumanidagi “Jo’nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Jo'nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan Sergeli tumandagi “Jo‘nariq” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, professor Аhmadjon Dadayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sayqal” ansamblining go‘zal navolari ostida, ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Ushbu bayramona kechada mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan keksa va nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari, uyushmagan yoshlar, hududdagi tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilari, mehnat faxriylari jam bo‘lishdi. Tadbirga tashrif buyurgan mahalla vakillari musiqa sadolari va alohida ehtirom bilan kutib olindi.

Elimiz sevgan ijodkorlar, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalar tomonidan ona Vatanni ulug‘lovchi, vatanparvarlik tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi. Milliyligimiz, ma’naviyatimiz tarannum etilgan mumtoz ashulalar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi. Xorazm yо‘nalishida yangragan navolar yig‘ilganlarni raqsga chorlab, mahalla ahli qalbiga cheksiz xursandchilik olib kirdi.

Sergeli tumanidagi “Jo'nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Jo'nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mahalla ma’naviyat maskani, ahillik qo‘rg‘onidir, – dedi institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, jamiyatda mehr-oqibat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlashda mahallaning o‘rni tobora ortib bormoqda. Mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda vazifalari ko‘lami kengaydi. Yuksak islohotlar, milliy madaniyatimizni, qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilayotgan ulkan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. 2021-yilning 8-noyabrdan boshlab tashkil etib kelinayotgan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi, juda yuqori kayfiyatda o‘tkazilayotgan tadbirlarimizga aholi katta qiziqish bildirayotgani ko‘ksimizni faxru iftixorga to‘ldirmoqda. Tadbirlar davomida yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, aholi uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, olis moziyda yashab o‘tgan ota-bobolarimizning jahon fani va madaniyatiga qo‘shgan hissalari, buyuk ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish, bilim olish borasida muhim fikrlar aytilmoqda. Ko‘lamining kengligi hamda ahamiyati jihatidan muhim bo‘lgan mana shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun juda katta tayyorgarlik ko‘riladi. Ta’lim dargohimizda mehnat qilayotgan ijodkorlar, ijodiy jamoalar vakillari hamda tahsil olayotgan iste’dodli talabalar bilan maslahat tusini olgan yig‘ilishlar o‘tkazilib, tadbirlar davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uqtiriladi. Boisi, san’atkorlarimizning har bir chiqishi, ijro etayotgan ijod namunalari xalqimizni, fuqarolarimizni quvontirishi, ruhlantirishi kerak. Shu orqali mahallalarda ma’naviy, madaniy, ma’rifiy, adabiy muhit shakllanishiga, rivojlanishiga erishiladi.

Sergeli tumanidagi “Jo'nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Sergeli tumanidagi “Jo'nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirning yoshlar tarbiyasida, ayniqsa, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati juda yuqori bo‘ldi. Mahalla aholisi bunday eʼtibordan juda mamnun bo‘lishdi. O‘zlarining sо‘zlari, shо‘x о‘yinlari bilan institut rahbariyati, ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosi sifatida qadrlanayotgan she’r va g‘azallarini qo‘shiq qilib ijro etilayotgani ham o‘z navbatida, mahalla ahlining milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatini, e’tiborini yanada oshirishga xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sergeli tumanidagi “Jo'nariq” MFYda “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

image_pdfimage_print