San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda 15-aprel – “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” sifatida e’lon qilingan. Shu sana munosabati bilan bugun erta tongdan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv binolari monand bayramona bezatildi, musiqa sadolari yangrab, barchani bayramga chorladi. “San’atdan baxtini topganlar” nomli teatrlashtirilgan bayram dasturi tashkil etildi.

Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, talabalar qatnashgan tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev barchani ushbu ayyom bilan samimiy qutladi! Sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, baxt va omad, oilalariga tinchlik-xotirjamlik, fayz-baraka, mahnat faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni eʼtirof etdi.

San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

Ta’kidlandiki, yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Mamlakatimiz taʼlim tizimidagi samarali islohotlar, yuksak o‘zgarishlar, yangiliklar O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘quv maskanimizda fan va san’at, ijodiy faoliyat va amaliy texnologiyalar uyg‘unlashgan holda ta’lim beriladi. Madaniyat, san’at yo‘nalishidagi darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar o‘quv qo‘llanmalari bilan muntazam ta’minlash masasalariga jiddiy e‘tibor qaratiladi. Chunki bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Bugungi yoshlar yurtimiz ravnaqi, institut kelajagi yo‘lidagi ezgu ishlarda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shadi. Boisi, ular bu dargohda ko‘plab mehrli ustozlardan ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan. Shuningdek, mamlakatimizda hamda xalqaro miqyosda o‘tkaziyotgan ko‘rik-tanlov, festivallar ham institut ta’lim tizimi taraqqiyotida muhim omil bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Turli festivallarda, mana shunday bayramona tadbirlarda ko‘plab iqtidorli talabalarimiz munosib ishtirok etishmoqda.

Bugungi tadbir davomida 1-bosqich “Estrada aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan “Balerina” qo‘g‘irchoqlar raqsi ko‘rsatilgan bo‘lsa, 3-bosqich “Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabalari “Usta Gulmat hangomalari” ni namoyish etishdi. 4-bosqich “Dramatik teatr va kino aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida tayyorlangan Gogolning “Revizor” asari asosidagi sahna ko‘rinishi ham yig‘ilganlarga katta taassurot qoldirdi.

San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

Qolaversa, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlar hamda dilrabo kuy-qо‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud etdi. Xonanda-yu, sozandalarning har bir chiqishlari yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Orombaxsh qо‘shiqlarga hamohang tarzda ijro qilingan gо‘zal raqslar esa barchani davraga chorladi.

Shuningdek, ushbu tadbir munosabati bilan “Asaxiy books” nashriyotining kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.

Bayram tadbiri barchada esda qolarli kun bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

San’atdan baxtini topganlar

San’atdan baxtini topganlar

image_pdfimage_print