Rossiya-O‘zbekiston madaniy ta’lim forumini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda Rossiya-O‘zbekiston madaniy ta’lim forumi o‘tkaziladi.
Bugun Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Eldor Shermanov boshchiligida mazkur tadbirni munosib tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda oliygoh rahbariyati, dekan va uning o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda boshqa xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyuradigan Rossiya va O‘zbekiston madaniyat vazirligi vakillarini munosib kutib olish va tashkil etiladigan tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun ishchi guruh tuzildi hamda kerakli topshiriq va vazifalar belgilab olindi.