1

“Romantiklar” nomli diplomoldi spektakli namoyish etildi

"Romantiklar" nomli diplomoldi spektakli namoyish etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida Teatr san’ati fakulteti “Musiqali teatr aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich rus guruhi talabalari tomonidan diplomoldi spektakli namoyish etildi.

Unda Edmon Rostan qalamiga mansub “Romantiklar” musiqali komediyasi sahnalashtirildi. Mazkur sahna asari o‘quv teatriga yig‘ilgan tomoshabinlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Edmon Rostan fransuz shoiri va dramaturgi sanaladi. 1891-yil yozilgan “Romantiklar” pyesasi adibning ilk asari bo‘lib, unga katta muvaffaqiyat keltirgan.

Spektakl, o‘zining nafis syujetga egaligi, nozik kinoya va shov-shuvga boyligi, shuningdek, ishqiy kechinmalari bilan tomoshabinlarni o‘ziga rom etadi.