Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Teatr san’ati fakulteti “Vokal” kafedrasi tomonidan “Zamonaviy vokal va xor ijrochiligi: an’anaviylik va innovatsiya” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorli bilan yaqindan tanishdilar. Professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar qatnashgan konferensiyada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev so‘z olib, mamlakatimizda san’at va madaniyat sohalarida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar xususida aytib o‘tdi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Barchamizga ma’lumki, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, yosh avlodni davr talabiga javob beradigan komil inson etib tarbiyalash, yuqori malakali mutaxassis sifatida voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Shu o‘rinda aytadigan bo‘lsak, ijodkor kadrlarni tayyorlash pedagoglardan nihoyatda katta masʼuliyatni talab etadi. Chunki ular bo‘lajak sanʼatkorning iqtidorini, iste’dodini yanada shakllanishida katta ko‘mak ko‘rsatishadi. Ayniqsa, vokal taʼlimining boshlang‘ich davrida ovoz sozlash uchun mashqlar jarayoni muhim o‘rin egallaydi. Har bir mashqning o‘ziga yarasha maqsad va vazifasi bor. Unda nafasni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan birgalikda yana bir qator texnik mashqlar bajariladi. O‘quv jarayonida vokal-pedagogik repertuarni to‘g‘ri tanlash xonanda-talabaning o‘sishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillardan biridir. Darhaqiqat, shuni ham ta’kidlash joizki, qo‘shiqchilik, musiqa sanʼati juda uzoq o‘tmishga egadir. Jumladan, Xondamirning “Xulosat ul-axbor fi bayon ul-ahvol ul-axyor” asarida yozilishicha, Hirotda boshqa sanʼat turlari qatorida musiqa va qo‘shiqchilik madaniyati ham nihoyatda taraqqiy etgan. Ushbu asarda Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilgan kuy va qo‘shiq ijrochilarga alohida taʼrif berilgan. Har bir sanʼatkor o‘sha davrning mashhur va mahoratli ustalari bo‘lgan. Аlisher Navoiy ham musiqa ijrosi bo‘yicha juda yuksak musiq mahorat sohibi bo‘lgan.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
U qonun va udni yuksak isteʼdod bilan chala olgan. Shu boisdan Navoiy saroy sozandalarining musiqa borasidagi bilim va mahoratlarini muttasil ravishda yuksaltirib borishlarida har tomonlama harakat qilgan. Аlisher Navoiyning xomiyligi ostida Husayn Boyqaro saroyida faoliyat ko‘rsatgan Ustod Sayyid Аhmad g‘ijjak ijrosida eng yetuk sanʼatkor sifatida dovrug‘ qozongan bo‘lsa, Ustod Shohquli ham g‘ijjakda mahorat bilan o‘ynagan. Navoiy o‘zining sevimli shogirdi Shohquliga uning bolaligidan g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Ustod Shohquli keyinchalik ud, qo‘biz kabi musiqiy asboblarda ham mahorat bilan kuy ijro eta oladigan sanʼatkor darajasiga ko‘tariladi. Аsarda yana ud va qonun ustasi Ustod Husayn, o‘z davrining nay ustasi Ustod Shayh Nayi, musiqa sanʼati bobida tengi yo‘q mahorat egasi Mavlono Аlishoh, mahoratli nay ijrochisi Mavlono Sulton Muhammad Xandon, musiqa borasida tengsiz sanʼatkor Xo’ja Аbdulqodir kabi sanʼatkorlarning nomlari alohida tilga olinadi.

Xondamirning mazkur asari Аlisher Navoiyning kuy va qo‘shiq sanʼati homiysi bo‘lganligi, shuningdek, XV–XVI asrlardagi keng tarqalgan asosiy cholg‘ulardan qonun, ud, qo‘biz, g‘ijjak, nay kabilar haqida qimmatli maʼlumotlar berishi bilan bebahodir.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Tadbir davomida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari ishtirokidagi musiqiy dastur yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro qilindi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Akademik xonandalik va opera tayyorlovi” kafedrasi mudiri, professor, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqovaning “O‘zbekistonda opera san’atining o‘rni”, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Galina Muxamedovaning “О некоторых проблемах в современном вокальном образовании Узбекистана”, O‘zDSMI “Vokal” kafedrasi dotsenti, “Dо‘stlik” ordeni sohibasi Dilbar Malikovaning “Zamonaviy xor ijrochiligi: An’anaviylik va innovatsiya” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Shundan keyin konferensiya “Mustaqillik davri vokal va xor san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va sohada olib borilayotgan izlanishlar”, “Musiqa madaniyatida vokal va xor san’atining tutgan o‘rni”, “Vokal va xor ta’limida an’anaviylik va innovatsiya” singari 3 ta yo‘nalishda o‘z ishini olib bordi. Konferentsiya davomida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Oʻzaro baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan tadbir ishtirokchilarining maqolalari konferensiya materiallari toʻplamida nashr etiladigan bo‘ldi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

image_pdfimage_print