Rektor va yoshlar uchrashuvi

Rektor va yoshlar uchrashuvi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida odob-axloq masalasi, talabalarning kiyinish madaniyati, bu borada institutda о‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga e’tibor qaratildi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Bugungi kunda institutda tahsil olayotgan yoshlar ertangi kunimizning yaratuvchilaridir. Ular qaysi soha xodimi bо‘lishlaridan qat’iy nazar chuqur bilim, yuksak iqtidor egalari bо‘lishlari lozim. Mazkur jarayonlarda esa talabalarning darslardagi ishtiroki, amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlarda vaqtida qatnashishi, о‘g‘il-qizlarni о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari muhim о‘rin tutadi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Shundan kelib chiqilgani holda davomat masalasi, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish bо‘yicha fikrlar bildirildi. Bu borada institutda amaliyotga joriy etilgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print