Rektor va yoshlar uchrashuvi

Rektor va yoshlar uchrashuvi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev Kino,televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari bilan uchrashdi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
“Kino va televideniye rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 2-hamda 3-bosqich talabalari bilan bо‘lib о‘tgan muloqot asosini bugungi kunda respublikamiz kino san’ati, rejissyoraning ahvoli tashkil qildi. Mazkur sohalarning kelgusidagi rivoji ayni paytda ushbu institutda tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi, salohiyatiga bog‘liq.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Shundan kelib chiqilgani holda institut rektori talabalar oldida turgan vazifalar, ular zimmasiga yuklanadigan mas’uliyatlar haqida gapirdi.
–“Qaysi kasb egasi bо‘lishidan qat’iy nazar talabalar avvalo chuqur bilim, yetuk iqtidor egasi bо‘lishlari lozim,”-dedi Ibrohim Yо‘ldoshev. –“Buning uchun esa kо‘proq kitob о‘qish kerak. Institutimizda yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, ularni intellektual salohiyatli insonlar qilib tarbiyalash maqsadida qator loyihalar amaliyotga joriy etilgan. Axborot resurs markaziga kitob о‘qishga kelganlar bepul bir finjon qahva bilan siylanadi. Hazrat Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilganlar esa yaqinda ARMga sovg‘a qilingan sport velosipedlarida ma’lum muddat davomida institutimiz hovlisida sayr qilishlari mumkin”.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Talabalarga chuqur bilim berish, amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlarni mutanosib holda olib borish maqsadida kafedralarga kino san’ati bо‘yicha respublikamizda о‘z о‘rniga ega bо‘lgan mutaxassislar jalb qilingan. Masalan, “О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni sohiblari Hilol Nasimov, Jahongir Ahmedov, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” unvoni sohibi Jahongir Qosimovlar shular jumlasidan.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Bunday rо‘yxatni esa yana kо‘plab davom ettirish mumkin. Uchrashuvda institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
О‘z о‘rnida talabalar samimiy hamda mazmunli kechgan muloqot uchun institut rektoriga minnatdochilik bildirishdi va kelgusida yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan rejissyor bо‘lishga va’da berishdi. Samimiy о‘tgan uchrashuvda kelgusida ham ushbu mavzuda muloqotlar о‘tkazilishi aytib о‘tildi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti negizida faoliyat yuritib kelayotgan Kino,televideniye va radio san’ati fakulteti о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan huquqiy-meyoriy bazaga, jumladan, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa meyoriy hujjatlar, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nizomi hamda fakultet Nizomiga tayangan holda amalga oshiradi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Fakultetning asosiy faoliyati “San’atshunoslik (turlari bо‘yicha)”, “Texnogen: Kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi, San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash”, “Rejissyorlik: Kino va televideniye rejissyorligi”, “Kinoteleoperatorlik”, “Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (cholg‘u)”, “Professinal ta’lim: Xalq ijodiyoti (vokal ijrochiligi)” singari ta’lim yо‘nalishlariga tegishli sohalar bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy (ijodiy)-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot (ijodiy) ishlarni bajarishga yо‘naltirilgan.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print