Rektor va yoshlar uchrashuvi

Rektor va yoshlar uchrashuvi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev talabalar bilan uchrashdi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr rejissyorligi” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabalari bilan bо‘lib о‘tgan muloqotda tarixiy filmlarni olishda bugungi kunda О‘zbekistondagi holat haqida sо‘z bordi. Mazkur jarayonlarda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, buning uchun rejissyorlar oldida turgan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.

Rektor va yoshlar uchrashuvi

Xabaringiz bor, yaqinda “Muhammad Yusuf: Ulug‘imsan Vatanim” filmining taqdimoti bо‘lib о‘tdi. Institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev ushbu filmning yaratilish tarixi, bu borada institut jamoasi tomonidan olib borilgan ijodiy jarayonlar haqida talabalarga sо‘zlab berdi.

Rektor va yoshlar uchrashuvi
Shu kunning о‘zida Ibrohim Yо‘ldoshev Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti “Kutubxona-axborot faoliyati” ta’lim yо‘nanalishi 3-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Filologiya fanlari doktori, professor G‘ayrat Jalolov nomidagi о‘quv xonasida dars о‘tayotgan talabalar bilan bо‘lib о‘tgan muloqot chog‘ida talabalarning G‘ayrat Jalolov haqida tо‘liq ma’lumotga ega emasligi ma’lum bо‘ldi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Institut rektori Respublikamizning buyuk shaxslari,taniqli san’at va madaniyat namoyondalari haqidagi ma’lumotlar bilan bu yerda tahsil olayotgan о‘g‘il-qizlarga tо‘liq ma’lumotlar berish bо‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Xalq ijodiyoti fakulteti “Ijtimoiy madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi talabalari bilan bо‘lgan ochiq muloqot chog‘ida talabalarni daxldorlik hissi bilan yashash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasi amalga oshirilishi lozim bо‘lgan masalalar haqida sо‘z bordi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabalari bilan kechgan muloqot ta’lim jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, о‘g‘il-qizlar о‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mavzusida bо‘ldi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Talabalar tomonidan kitobxonlik tanlovini tashkil etish borasida berilgan taklifni institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev qо‘llab-quvvatlashini bildirdi va unda g‘oliblikni qо‘lga kiritgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar, kitoblar tо‘plami bilan taqdirlanadigan bо‘ldi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Institut Axborot- resurs markazida о‘tgan uchrashuvda Navoiy asarlarini о‘qigan talabalar bir finjon qahva bilan siylanib, yaqinda ARMga sovg‘a qilingan sport velosipedlarida institut hovlisini sayr qilishlari mumkinligi aytildi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Kitob о‘qishning insonlar kamolotidagi о‘rni haqida fikrlar bildirildi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print