Rektor va yoshlar uchrashuvi

Rektor va yoshlar uchrashuvi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev Kino, televideniye va radio san’ati fakultetiga talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich о‘g‘il-qizlari bilan uchrashdi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Dastlab institut rektori yig‘ilganlarga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining boshqa oliy ta’lim muassasalaridan о‘ziga xos jihatlari haqida tо‘xtaldi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Ushbu institutda tahsil oladigan talabalar oldiga qо‘yiladigan talablar, ichki tartib-intizom, kiyinish madaniyati,bu yerda yaratilgan sharoitlar, ijodiy soha xodimlari zimmasiga yuklanadigan mas’uliyat va majburiyatlar haqida ma’lumot berdi.
Bо‘lg‘usi san’at, madaniyat sohasi vakillariga nutq madaniyati borasida oldinda turgan vazifalar bо‘yicha aniq misollarga asoslangan fikrlar bildirildi.Bunda sо‘z boyligi, inson tafakkuri muhim о‘rin tutadi.
Rektor va yoshlar uchrashuvi
Mazkur jarayonlarning asosi esa badiiy adabiyotlarni kо‘proq mutolaa qilish bog‘liqdir. Uchrashuvda, shuningdek, о‘zbek kino sanoatining rivojlanish istiqbollari haqida fikrlar bildirildi.Tarixiy filmlar olish uchun nimalarga e’tibor qaratish haqida ma’lumotlar berildi.

Rektor va yoshlar uchrashuvi

Uchrashuvda institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev bо‘lg‘usi rejissyor, animator, aktyorlarga mamlakatimiz san’ati va madaniyati taraqqiyoti, ilm-fani rivojiga hissa qо‘shadigan insonlar bо‘lib yetishishlarida omadlar tiladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print