Rektor Ibrohim Yо‘ldoshev yangi yil tabrigi

Rektor Ibrohim Yо‘ldoshev yangi yil tabrigi

Hurmatli jamoamiz a’zolari – professor-о‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarimiz, ilmga chanqoq talabalarimiz.

Barchangizni kirib kelayotgan yangi yil – 2022 yil bilan muborabod etaman. Barchamizning oilamizda tinchlik, xotirjamlik bо‘lsin. 2021 yilda barchamizning say-harakatlarimiz bilan juda katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Bunda jamoamizning har bir a’zosining о‘ziga xos hissasi bor, albatta. 2022 yilda zafarlarimiz yanada kо‘p bо‘lsin. Respublikamizda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida olib borilayotgan islohotlarga о‘zimizning munosib hissamizni qо‘shib borishimizda kuch-quvvat, yanada jipslik, shijoat tilayman. Yangi О‘zbekistonimizda madaniyat va san’atning kelajak kamoli, rivojida biz tayyorlayotgan kadrlarning ham о‘z о‘rni borligi shak-shubhasizdir. Bu ishda har birimizning ilm va tajribamiz yetarli. Buning isbotini sо‘nggi yillarda erishgan muvaffaqiyatlarimiz kо‘rsatib turibdi. Yurtimizda Uchinchi Renessansning tamal toshlarini qо‘yishda ham о‘zimizning, shuningdek, tayyorlayotgan kadrlarimizning о‘rni beqiyosdir. Sizning va kadrlarimizning Respublikamiz hamda jahon miqyosida erishayotgan yutuqlari bardavom bо‘lsin! Yangi yilda barchamizning uyimizda shod-xurramlik kо‘p bо‘lsin! Ustozlarimizning umrlari uzoq bо‘lsin! Yoshlarimiz ijod va ilm sohasida, ta’lim va tarbiya borasida hech charchamasinlar! Yurtimizda tinchlik-xotirjamlik bо‘lsin! Barchangizni yana bir bor YANG YIL bilan tabriklayman!
Dam olish kunlaringiz kо‘ngildagidek о‘tsin!
Hurmat bilan Ibrohim Yо‘ldoshev.

image_pdfimage_print