Qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan yig’ilish o’tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi vakillari ishtirokida muhim yig‘ilish o‘tkazidi.

Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, tyutorlar ishtirok etgan tadbirda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar e’tirof etildi va bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan, bajarilishi muhim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar e’tirof etildi. Institut xodimlari tomonidan sodir etilgan nomunosib xatti-harakatlar keskin tanqid qilindi. Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda vazifalariga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgan xodimlarga jazo choralarini qo‘llash lozimligi aytildi. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligiga qabul jarayonlarini shaffofligini ta’minlash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Ta’kidlandiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ham ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq. Har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi masalasida juda jiddiy ahamiyat qaratishi shart. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘qituvchi o‘z faoliyatida ilmiy salohiyatini, bilim darajasini tinimsiz oshirib borishi, sidqidildan mehnat qilishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o‘rtasida katta hurmatga loyiq bo‘lishi lozim.

Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Ularning asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va talabalarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi darkor. Ta’lim berishda asosiy e’tiborni darsning sifati hamda samaradorligiga qaratishi, talabada fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirib, rivojlantirishda bor mahoratini ishga solishi lozim. Bu juda katta mahoratni, tinimsiz mehnatni, astoydil sa’y-harakatni talab qiladi.

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Darhaqiqat, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan yuksak natijalarga erishilmoqda. Yurtimizda huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish, xalqimiz uchun obod va farovon hayot barpo etish yo‘lida juda muhim ishlar bajarilmoqda. Ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirildi. Yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Vatanimizning qudratini belgilaydigan omillarning eng asosiylaridan biri, shubhasiz, shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida.

Talabalarimiz har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun astoydil harakat qilishimiz kerak.

image_pdfimage_print