Qisqa vaqtda keng imkoniyatlar

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov talabalar turar joyiga belgilangan muddatdan oldin kelgan talaba yigit-qizlar holidan xabar oldi. Dastlab talabalarning talabalar turar joyida yashash sharoitlariga oid holati o’rganilib, talabalarga quloq tutildi.
Talabalar tomonidan talabalar turar joyidagi issiqlik holati ancha yaxshi ekanligi ta’kidlandi. Shundan so’ng Eldor Uralovich tomonidan talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida ta’til yakuniga qadar o’tkazilishi lozim bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari borasidagi takliflar birma-bir bildirib o’tildi.
Ushbu tashabbuslarni ham talabalar iliqlik bilan qabul qilishdi. Bundan tashqari talaba yigit-qizlar ishga joylashish, til o’rganish, ovoz yozish studiyasidan foydalanish, xorijga stajirovkaga borish va boshqa masalalar bo’yicha o’z murojaatlarini bildirib o’tdi. Ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish borasida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Qisqa, ammo samimiy ruhda o’tgan muloqotda talabalar va institut rahbariyati o’rtasida katta ishlarni amalga oshirish bo’yicha muhim vazifalar belgilab olindi.