“Qaysar qizning quyilishi” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

"Qaysar qizning quyilishi" spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich (402-guruh) talabalari tomonidan Uilyam Shekspir qalamiga mansub “Qaysar qizning quyilishi” diplom spektakli namoyish etildi.

Mazkur sahna ko’rinishi qiziqarli voqealar va mulohazali fikrlar atrofida jamiyatdagi voqea-hodisalar, insondagi turlicha kechinmalar ajoyib tarzda ochib berilgan. Spektaklga bo’lgan qiziqishni O’quv teatrining to’lib-toshgani bilan ham bilib olish mumkin.

Ushbu premyera ertaga, 28-fevral kuni ham bo’lib o’tadi.

Sahnalashtiruvchi rejissor: Dilafruz Tangriyeva

image_pdfimage_print