1

Qardoshlik — eng qiymatli xazina

Qardoshlik — eng qiymatli xazina

Ma’lumki, 6-fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan o‘ndan ortiq viloyatda yuz bergan kuchli zilzilalar vayronkorligi bilan butun dunyoni larzaga soldi. O‘zbek xalqi ham ushbu ofat talofatlarini qalbiga yaqin olib, chuqur qayg‘u va hamdardlik hissini tuydi. Prezidentimiz topshirig‘i bilan bugungi kunda qardosh mamlakat — Turkiyaga har tomonlama ko‘mak berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus qutqaruv guruhi zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan Xatay viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlarini jadallik bilan olib bormoqda. Bundan tashqari, mamlakatimiz tomonidan turli ko‘rinishdagi gumanitar yordamlar qardosh o‘lkaga jo‘natilmoqda. Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, qardoshlarimizga o‘z hamdardligini bildirdi. Institut rektori v.b Eldor Shermanov tomonidan elchixonada maxsus tashkil qilingan hamdardlik kitobiga birdamlik va sabr-toqat tilaklari yozib qoldirildi. O‘z navbatida, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi O.Bekar hamdardlik uchun tashakkur izhor qilib, do‘stlik, qardoshlik va yelkadoshlik mana shunday og‘ir damlarda bilinishi ta’kidlab o‘tdi.

Kardeşlik en kiymetli hazinedir

6 Şubat’ta Türkiye’nin güneydoğu bölgesinde yer alan 10’dan fazla ilde meydana gelen şiddetli depremlerin yıkımlarıyla tüm dünyayı sarstığı biliniyor. Özbek halkı da felaketin sonuçlarını yüreğine almış, derin bir üzüntü duymuştur. Cumhurbaşkanımızın Talimatı ile kardeş ülkemiz Türkiye’ye her türlü yardım yapılıyor. Özellikle Özbekistan Cumhuriyeti Acil Durumlar Bakanlığı özel kurtarma ekibi, depremden en çok etkilenen Hatay bölgesinde aktif olarak arama kurtarma çalışmaları yürütüyor. Ayrıca ülkemiz kardeş ülkeye çeşitli şekillerde insani yardım göndermektedir. Özbekistan Devlet Sanat ve Kültür Enstitüsü yönetimi bugün Türkiye’nin Özbekistan Büyükelçiliğini ziyaret ederek kardeşlerimize taziyelerini iletti. Enstitünün rektör vekili Eldor Shermanov, büyükelçiliğin özel olarak düzenlediği el kitabına dayanışma ve sabır dileklerini yazdı. Türkiye’nin Cumhuriyeti Büyükelçisi sayın O. Bekar da, ziyaret için teşekkürlerini ileterek, zor zamanlarda dostluğun, kardeşliğin ve dayanışmanın bilindiğini vurguladı.