1

Adiblar xiyobonida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Adiblar xiyobonida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Bugun Adiblar xiyobonida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yillik munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Eldor Shermanov davlat tilining jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, oliygoh tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning ijodini targ‘ib etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Tadbir qiziqarli ruhda o‘tib, unda o‘qituvchi va talabalar tomonidan she’rlar va qo‘shiqlar aytildi hamda go‘zal raqslar ijro etildi. Qolaversa, baxshilarning chiqishi ham yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

O‘zbek tili bayram dasturlari davom etadi.