1

Qadri baland ustozlar

Qadri baland ustozlar

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Qadri baland ustozlar” deb nomlangan konsert boʻlib oʻtdi.

Unda institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar va barcha ustoz-murabbiylar ishtirok etdi.



Dastlab oliygoh rektori, professor Ibrohim Yuldashev soʻzga chiqib, mazkur taʼlim dargohining oʻqituvchi va murabbiylarini tabrikladi.

“Ustoz va murabbiylar kuni muborak boʻlsin. Kechadan boshlab ertalab ishga kelayotgan ustoz va murabbiylarni talabalarimiz gullar bilan oʻzgacha kayfiyatda kutib olmoqda. Bu barchaga quvonch baxsh etdi, sababi ustoz kelajak sari yoʻl koʻrsatuvchi inson hisoblanadi.

Alisher Navoiy bobomiz bejizga ”Haq yoʻlinda kim sanga bir harf oʻqutmish ranj ila, Aylamak boʻlmas ado oning haqin yuz ganj ila“, deya taʼkidlamagan. Navoiy davrigacha ham ustozlarga katta ehtirom koʻrsatilgan. Umuman, har bir allomaning ham yoshligida ustozi boʻlgan.

Muhtaram Prezidentimiz oʻz nuqtlarida taʼlim sohasini alohida taʼkidlamoqda. Biz shunday islohotlar yoʻlida shijoat bilan harakat qilishimiz lozim. Barchangizni ushbu ayyom bilan yana bir bor muborakbod etaman”, dedi OʻzDSMI rektori.


Bayram dasturi doirasida oʻzbek xalq qoʻshiqlari va diltortar taronalar ijro etildi. Shuningdek, iqtidorli talabalar tomonidan sheʼrlar oʻqildi hamda go‘zal raqs oʻyinlari namoyish etildi.












Tantanalarni yoritib borish maqsadida “Toshkent” telekanali xodimlari ham tashrif buyurdi. Zahmatkash ustozlar bugungi bayram taassurotlari to‘g‘risida mazkur telekanalga intervyu berdi.

Unutilmas bayram shodiyonasi ko‘tarkinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ustoz va murabbiylar shunday e’tibor uchun minnatdorchilik bildirishdi.