Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev hamda ushbu ta’lim dargohining “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi “San’at sohasida prodyuserlik” ta’lim yо‘nalishi talabalari, professor-о‘qituvchilari, ustoz-murabbiylari, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, tyutorlar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazidi.

Muloqot chog‘ida mamlakatimiz uchun yangi soha bо‘lgan prodyuserning vazifalari, uning qanday bо‘lishi lozimligiga e’tibor qaratildi. Darslar nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib borilishi, talabalar amaliy mashg‘ulotlarda о‘z prodyuserlik mahoratlarini sinab kо‘rishlari, xorijiy davlatlar bilan xalqaro talaba almashinuvi bо‘yicha fikrlar bildirildi.

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Ta’kidlandiki, mamlakatimizda ilm-fan va texnikaning rivojlanishi bilan bir qatorda san’at sohasida ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Shu jumladan, prodyuserlarga bo‘lgan ehtiyoj ham kuchaymoqda. Prodyuserlik kasbi ma’lum bir san’at sohasini rivojlantirish uchun kerakli faoliyat ekanligini isbotlamoqda. Prodyuserlikka tayyorlash uchun shu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, sohasi bo‘yicha bilimlarini kuchaytirish, sohaga tegishli bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishtirish lozim.

– Yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi ustoz-murabbiylardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi, – dedi professor I.Yо‘ldashev. – Axir, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

I.Yо‘ldashev tomonidan ta’kidlanganidek, Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat xalqimizning, balki insoniyatning bebaho ma’naviy xazinasidir. Buyuk mutafakkirning serqirra ijodi asrlar mobaynida insoniyatni hamjihatlikka, ilm-ma’rifatga chorlab, xalqimiz uchun cheksiz faxr-iftixor timsoli bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, yana boshqa buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz, millatimizning ziyolilari ham jamiyat rivoji, mamlakat farovonligi, tinchligu va xotirjamligini yoshlar tarbiyasi bilan bog‘laganlar. Yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida ta’lim dargohimizda faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarimiz, ustoz-murabbiylarimiz katta hissa qo‘shishlari kerak. Buning uchun pedagogik jamoa a’zolari hamisha mas’uliyatni his qilgan holda o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari shart. Bunday jarayon, albatta, taʼlim sifati va taraqqiyotiga katta taʼsir ko‘rsatadi.

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Shuningdek, yig‘ilish davomida professor Ibrohim Yо‘ldoshev institut talabalarini ish bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etib, ta’lim dargohida tahsil olayotgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi.

Qayd etildiki, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modul o‘qitish tizimiga o‘tishi ta’lim tizimi rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir. Ushbu tizim O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti faoliyatida ham amaliyotga joriy qilinmoqda. Buning natijasida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar ochilmoqda. Kredit-modul tamoyilida talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash va talabalar bilimini reyting asosida baholash kabi asosiy masalalarga e’tibor berilmoqda. Bu tizimning oliy ta’limga joriy qilinishi o‘qitish sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi. Kredit-modul tizimining joriy etilishi o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi.

–Yana bir ahamiyatli jihat xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, – dedi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Talabalar turar joylarida talabalarning ovqatlanishi, internet tarmog‘idan foydalanish, kitob mutolaa qilishi, gazeta va jurnal o‘qishi, aqliy salohiyatlarini, bilim darajalarini oshirishi, televizor tomosha qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash maqsadida Talabalar turar joylarida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonalari tashkil etilgan. Binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud. Kompyuter xonasida yangi, zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatilgan.

Ushbu yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

Prodyuserlik sohasining rivojlanish masalalari muhokama qilindi

image_pdfimage_print