1

Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi bilan uchrashuv tashkil etildi

Prezidenti Administratsiyasi mas'ul xodimi bilan uchrashuv tashkil etildi

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, professor Abduxalil Mavrulov Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti prorektori, kafedra oʻqituvchilari, dekan oʻrinboslari va tyutorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

A.Mavrulov nutqi davomida “Yangi Oʻzbekiston”, “Uchinchi Renessans”, “Maʼnaviyatli jamiyat” kabi atamalarning asl mohiyati haqida fikr bildirdi va erishish lozim boʻlgan bu kabi yuksak maqsadlarning mazmunini yoshlarga toʻgʻri yetkazish borasida mulohaza yuritdi.

Shuningdek, professor tomonidan oʻzbek xalqining etnik tarkib topishi, shakllanishiga oid kerakli maʼlumotlar aytib oʻtildi.

Yigʻilishda talabalarning yurtdan faxrlanish hissini uygʻota olish asosiy maqsad ekanligini taʼkidlandi va bu kabi mahorat darslari tez-tez tashkil etilishi belgilandi.