O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

Joriy yilning 16-iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Institut rahbariyati, dekan va dekan o‘rinbosarlari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar qatnashgan majlisda joriy yilning 15-iyun kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilangan dolzarb vazifalar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar muhokama etildi.

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

Ushbu videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar maktablari va texnikumlarni boshqarish va metodik ta’minlashga mas’ul bo‘ladi. Har bir viloyat, tuman va shaharda Kasb-hunar ta’limi kengashlari tashkil etiladi va ularga hokimlar rahbarlik qiladi. Kengash tarkibiga davlat idoralari, bank, rektorlar, Savdo-sanoat palatasi hamda tuman iqtisodiyotidan kelib chiqib, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va servis korxonalari rahbarlari kiradi. Ular mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj asosida, monomarkaz va kollejlarda o‘qitiladigan kasblarni belgilaydi, yoshlarni ishlab chiqarish korxonalariga biriktirib, amaliyot o‘tashini tashkil etadi. Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, ilmiy darajasi bor texnikum o‘qituvchilarining ish haqini oliygohlardagiga tenglashtirish, yangi o‘quv yilidan texnikum va kollej o‘quvchilari uchun ham imtiyozli ta’lim kreditini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

Shuningdek, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan mamlakatimizda oliy ta’lim sifatini tubdan yaxshilash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani hamda ushbu tizimda juda samarali o‘zgarishlar bo‘layotgani qayd etildi. Ta’lim berish samaradorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, yoshlar tashabbuslarini aniqlash, talabalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr bildirildi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-64-sonli” qarorining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

Ta’kidlandiki, ushbu qaror asosida madaniyat va san’at, shu jumladan opera va balet san’ati uchun texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni, xususan grim ustasi, rekvizitor, sahna montajchisi va yorituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzurida 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab texnikum tashkil qilinadi.

Bu esa o‘z navbatida, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti oldida juda muhim va dolzarb vazifalar turganidan dalolat beradi. Bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim o‘z kasbiga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari shart.

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

Yig‘ilish davomida institut ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish, Erasmus+ akademik mobillik grantlarini qo‘lga kiritish borasida muhim vazifalarni bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ilmiy salohiyatini oshirish, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar ulushini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Doktorantlarning, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan doktorant izlanuvchilar tadqiqotchilarning o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlardan juda unumli foydalanish kerakligi aytildi. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, institut o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida yangi, interfaol pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

E’tirof etildiki, so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha juda muhim vazifalar bajarilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zDSMI huzurida texnikum tashkil qilinadi

Majlis ishtirokchilari tomonidan qayd etilganidek, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar iqtidorli, ilmiy salohiyati yuqori, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot kommunikatsion madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Samimiy ruhda о‘tgan hamda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamalarda majlis ishtirokchilari o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Kerakli xulosalarni chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab olishdi.

image_pdfimage_print