1

O’zDSMI rektori “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari bilan muloqot o’tkazdi

O'zDSMI rektori "Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish" kafedrasi professor-о‘qituvchilari bilan muloqot o'tkazdi

Barchamizga ma’lum 2022/2023-o’quv yili joriy yilning 5-sentabridan boshlanadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’limga qamrovni oshirish eng ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Shu jumladan yangi o’quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi “Menejment(madaniyat va san’at sohasi” ta’lim yo’nalishi va “Ommaviy tadbirlar menejmenti” ta’lim yo’nalishlari uchun kvotalar ajratildi. Ushbu ikki yo’nalishda zamonaviy kadrlar tayyorlash orqali madaniyat va san’at sohasiga yangi innovatsion g’oyalarni olib kirish, sohani iqtisodiy jihatdan tejamkor va samarali boshqarish asosiy vazifa sifatida belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari bilan muloqot o’tkazdi.

Professor Ibrohim Jo’rayevich bugungi kun o’qituvchisi zamon bilan hamnafas bo’lishi, sohasida yuz berayotgan o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lishi lozim ekanligiga urg’u berib o’tdi.



Shuningdek muloqot davomida rektor Ibrohim Yuldashev ikkala yangi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’tiladigan fanlar majmuasi, o’quv rejalarni shakllantirish masalasiga ham to’xtalib, bu borada o’zining aniq tavsiyalarini ham bildirib o’tdi. Jumladan, sohadagi yangicha imij yaratish orqali xalqimizning madaniy saviyasini oshirish, menejment yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarda loyihalar bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirish, bu borada ularga homiylarni jalb qila olish mahoratini o’rgatish kabi tavsiyalar professor-о‘qituvchilar tomonidan ham iliq kutib olindi.


Qizg’in ruhda o’tgan uchrashuv davomida boshqa bir qator tashkiliy masalalar ham ko’rib chiqildi. Kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi.