Ozarbayjon milliy konservatoriyasi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Haydar Aliyevning 2000-yil 13-iyundagi qarori bilan “Ozarbayjon milliy konservatoriyasi”ni tashkil etish to‘g‘risida maxsus farmon chiqarildi.
Oradan bir yil o‘tib, Prezident Haydar Aliyevning 2001-yil 10-avgustdagi “Ozarbayjon milliy konservatoriyasining moddiy-texnik bazasini tashkil etish to‘g‘risida”gi keng ko‘lamli farmoyishi bilan Boku musiqa kolleji va Respublika san’at gimnaziyasi Ozarbayjon milliy konservatoriyasining tarkibga kiritildi.
Mazkur farmonga asosan Konservatoriya rektori, xalq artisti Siyovush Ashraf o‘g‘li Karimi etib tayinlandi.
Ozarbayjon Milliy Konservatoriyasining professor-o‘qituvchilari tarkibini xalq cholg‘ularida professional sozandalar, dirijorlar, xonandalar, taniqli musiqashunoslar, bastakorlar, ijtimoiy fanlar sohasining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari tashkil etadi.
Rektor
Siyavush Ashraf o‘g‘li Karimi – bastakor, xalq artisti, professor, Ozarbayjon milliy konservatoriyasi rektori.
Talaba yoshlar tashkiloti
Ozarbayjon milliy konservatoriyasi talabalar yoshlar tashkiloti 2005-yilda tashkil etilgan. O‘z-o‘zini boshqarish organi bo‘lgan tashkilot talabalarning huquqlarini himoya qilish, salohiyatini kashf etish, qamrovini kengaytirish, ularning g‘oyalarini kelajakka yo‘naltirish va strategiyasini shakllantirishda qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yordam beradi.
Ozarbayjon milliy konservatoriyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, intellektual musobaqalar, konsertlar, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari, musiqa festivallari va boshqa shunday tadbirlar Talaba yoshlar tashkilotia’zolari va yangi a’zo talabalarning loyihalari asosida shakllantiriladi.
Ozarbayjon milliy konservatoriyasida 2 ta fakultet mavjud:
— Ijrochilik
— Musiqa tarixi va nazariyasi
Ozarbayjon milliy konservatoriyasi kutubxonasi
Kutubxona fondini, asosan, musiqashunoslikka oid kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, notalar, monografiyalar, musiqa asarlari hamda tarix, nazariya, falsafa, psixologiya, badiiy adabiyotga oid kitoblar tashkil etadi.
Kutubxona fondida turli vositalar, mavzular bo‘yicha dasturlar, uslubiy tavsiyalar, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, albomlar va disklar mavjud.
Shuningdek, oliygohning “Konservatoriya” deb nomlangan ilmiy jurnali mavjud.