Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi

Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov tashrif buyurdi.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Institut rektori,filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev delegatsiya a’zolariga ushbu oliy о‘quv yurti, bu yerda professor-о‘qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, о‘quv jarayonlari, xalqaro hamkorliklar haqida ma’lumot berdi.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Bо‘lib о‘tgan muloqot chog‘ida ikki davlat talabalari almashinuvi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot resurs markazi hamda Ozarbayjon kutubxonalarida amaliyotni о‘tash, professor-о‘qituvchilar tomonidan ma’ruzalar tashkil etish, mutafakkir shoirlar Alisher Navoiy hamda Nizomiy Ganjaviy ijodiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish borasida fikrlar bildirildi.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Ozarbayjonlik mehmon Samir Abbasov tomonidan kelgusida о‘xshash sо‘zlarning о‘zbek-ozarbayjon-turkcha lug‘atini tuzish taklifi bildirildi, Institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev mazkur ishning ahamiyati, uning tarixi, madaniyati о‘zaro bog‘liq bо‘lgan xalqlar о‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirishdagi о‘rni haqida gapirdi.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi doirasida Nizomiy Ganjaviyning barcha asarlari dunyoda ilk marotaba Jamol Kamol tomonidan fors tilidan о‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Uchrashuvda Samir Abbasov Ibrohim Yо‘ldoshevga Nizomiy Ganjaviyning 5 dostondan iborat “Xamsa”, “Qorabog‘” asarlarini sovg‘a qildi.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
О‘z о‘rnida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov о‘z muallifligida chop etilgan “О‘zbek kitobat san’ati va texnologiyasi” nomli monografiyani sovg‘a qildi.
Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning kelgusidagi yangi qirralari tо‘risida ham fikrlashib olindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print