Osh bo’lsin!

Osh bo'lsin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Ushbu maqsadda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar tomonidan talabalar turar joyi hamda ijarada turadigan о‘g‘il-qizlarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bо‘lgan kartoshka, piyoz, о‘simlik yog‘i, non singari oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish an’ana tusini olgan.
Osh bo'lsin!
2018-yilning yanvar oyidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan talabalar turar joylarida yashaydigan о‘g‘il-qizlarga institut rahbariyati hamda professor-о‘qituvchilar tomonidan har oyda bir marta homiylik asosida doshqozonlarda osh damlanib, tarqatilishi yо‘lga qо‘yilgan edi.
Osh bo'lsin!
О‘tgan yillar davomida ushbu xayrli ish an’ana tusini olib, davom ettirib kelinyapti. Inson ma’naviy yetukligining yorqin namunasi bо‘lgan bо‘lgan ushbu saxovat tadbirlaridan talabalar mamnun boʻlishi tabiiy hol.
Osh bo'lsin!
Bugun ham an’anaga sodiq qolingani holda institutning 1- va 2-talabalar turar joyida istiqomat qiladigan о‘g‘il-qizlar uchun yana bir xayrli ish amalga oshirildi. Ikki doshqozonda osh damlanib, talabalarga bepul tarqatildi.
Osh bo'lsin!
Mazkur jarayon talabalar ishtirokida o’ziga xos bayramga aylanib ketdi. Shu kabi xayrli ishlar yil davomida muntazam tashkillashtirib kelinmoqda.
Osh bo'lsin!

image_pdfimage_print