
Bugun Zoom platformasida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator masalalar ilgari surildi.
Xabaringiz bor, 5-sentyabr kuni yangi o‘quv yili boshlandi. Shu bois, talabalarni turar joy bilan ta’minlashda hamda ularga sifatli ta’lim berishda muammolar yuzaga kelmasligi uchun bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan,
— Birinchi bosqich talabalarini Hemis va kredit-modul tizimlari bilan tanishtirish hamda ushbu tizim bilan qamrab olish;
— Talabalarni yotoqxonaga joylashtirishda adolatli yondashuv olib borish;
— Talabalar uchun grant loyihalar tashkil etish va ularning keng miqyosidagi ishtirokni ta’minlash;
— Talabalar uchun sifatli videodarslar tayyorlash;
— O‘qishga kirgan yigit-qizlarning talabalikka qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqlarini 1-oktabrga qadar rasmiylashtirish;
— Talabalarni zamonaviy ta’limdan boxabar qilish maqsadida xorijiy OTM professor-o‘qituvchilarini jalb qilish;
— Oliy ta’lim muassasalari veb-sahifalarini yaxshilash;
— Kontrakt.edu.uz tizimi bilan talabalarni tanishtirish;
— Auditoriyalarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash;
— Yotoqxonaga joylashtirishni raqamlashtirish kabi vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish so‘ngida ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash uchun ma’sul shaxslarga topshiriq berildi.