
Joriy yilning 2-aprel kuni mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektoridan iborat Oliy ta’lim vazirligining ishchi guruhi a’zolari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorli bilan yaqindan tanishdilar.
O‘tkazilgan o‘zaro muloqot davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati haqida ma’lumot berildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mulohazalar bildirildi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yuksak samarali vazifalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalarning axborotdan erkin foydalanishini, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati durdonalaridan bahramand boʻlishini taʼminlash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda mazkur ta’lim datgohida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylangan.
Tashrif davomida talabalar turar joyida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi hamda talabalarni qiziqtirayotgan savollariga javob berildi. Talabalar turar joylaridagi sanitariya gigiyena holatlari, yotoqxonalarni yangi jihozlar bilan ta’minlash jarayonlari, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Bu yerda talabalarning ovqatlanishi, internet tarmog‘idan foydalanish, kitob mutola qilishi, gazeta va jurnal o‘qishi, aqliy salohiyatlarini, bilim darajalarini oshirishi, televizor tomosha qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda manan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida birinchi va ikkinchi talabalar turar joyida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonalari tashkil etilgan. Binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud. Kompyuter xonasida yangi, zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatilgan.
Bu esa o‘z navbatida, institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilayotganidan dalolat beradi.
Chunki О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan.