
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Institut rahbariyati, dekan va dekan o‘rinbosarlari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar ishtirok etgan tadbirda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar e’tirof etildi va bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan, bajarilishi muhim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar e’tirof etildi. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligiga qabul jarayonlarini shaffofligini ta’minlash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Institut ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanni rivojlantirish, Erasmus+ akademik mobillik grantlarini qo‘lga kiritish borasida muhim vazifalarni bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ilmiy salohiyatini oshirish, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar ulushini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Doktorantlarning, mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan doktorant izlanuvchilar tadqiqotchilarning o‘z iste’dodi va bilimlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlardan juda unumli foydalanish kerakligi aytildi. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, institut o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida yangi, interfaol pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv adabiyotlari, monografiya, ilmiy ishlanmalarni nashrga tavsiya qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.
E’tirof etildiki, so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha juda muhim vazifalar bajarilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan natijalar, yoshlar tashabbuslarini aniqlash, talabalar, doktorantlar, yosh olimlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarini rivojlantirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida fikr bildirildi.
Davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan ham tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash kerakligi aytildi.
Professor-o‘qituvchilarining Scopus va Sciense Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishi va impakt-faktorga ega jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirishi, institutda chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Qolaversa, davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Shunday ekan, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, institutning har bir pedagog xodimi o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari lozim.
Qizg‘in muhokamalarga, bahs-munozaralarga boy bo‘lgan yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalarni chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab olishdi.