Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari O‘zDSMIga tashrif buyurdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari O‘zDSMIga tashrif buyurdi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, institutning o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishidi.

Jumladan, sirtqi bo‘limning “Ashula va raqs” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Xayrulla Lutfullayev rahbarligida maxsus kompozitsion qo‘shiqlar ijro etildi.

Shuningdek, “Vokal” ijrochiligi talabalarining yakkaxon darslari hamda “Folklor va etnografiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tayyorlagan ko‘rinishlar, bundan tashqari, institut telekanali faoliyati mutasaddilar tomonidan yuqori baholandi.

image_pdfimage_print