
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona filialida yangi o‘quv yili jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona filialidagi talabalar turar joyi binosi 2 mlrd 437 mln so‘mga rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Tashrif davomida talabalarga O‘zDSMI professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Abdullayev hamda Farg‘ona filialining professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.