
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir guruh talabalari hamda ustoz-murabbiylari tashrif buyurdi. Ularga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti Yashnar Ablakulov boshchilik qildi.
Mehmonlar dastlab, ta’lim dargohida talaba yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan vazifalar, olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorli bilan yaqindan tanishdi. Institut kutubxonasining ishlash tartibi hamda faoliyatini o‘rganishdi. Mehmonlar kutubxonadagi sharoitlarni, qulayliklarni ko‘rib, bir olam zavq olishdi.
Qayd etildiki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yuksak samarali vazifalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalarning axborotdan erkin foydalanishini, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati durdonalaridan bahramand boʻlishini taʼminlash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.
Ayni paytda mazkur ta’lim dargohida axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni takomillashtirish ustuvor vazifaga aylangan. Ushbu ziyo maskanidagi adabiyotlar talabalarning o‘qishi, izlanishlari, dars tayyorlashlari uchun beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Mehmonlar O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti kutubxonasida yaratilgan o’ziga xos sharoitlar va qulayliklar ularga ham manzur bo’lganini, bunday tashabbuslarni boshqa ta’lim muassasalari kutubxonalarida ham yaratish kerakligini ta’kidladilar.
Shuningdek, mehmonlar “Muhammad Yusuf” nomi bilan ataluvchi о‘quv xonasida bo‘lib, shoir ijodi va hayoti aks etgan ma’lumotlar bilan tanishishdi. Buyerda yaratilgan zamonaviy o’quv xonasida talabalar bevosita shoir Muhammad Yusufing hayotiy su’ratlari, 2020-yil 20-may kuni O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan bevosita muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyevga taqdim etilgan “Muhammad Yusuf hayoti va ijodi talaba-yoshlarga o’rnak” deb nomlangan dastur bilan ham tanishishdi. Suhbat so’nggida talabalar O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Izhori dil” nomli she’rini jo’r bo’lib ijro qilishdi
Shundan so’ng Institut O‘quv teatrida institutda tahsil olayotgan yosh aktyor va rejissorlar tomonidan diplom spektakli sifatida sahnalashtirilgan N.V.Gogol qalamiga mansub “Revizor” spektaklining namoyishini ko‘rishdi. Bu asar jahon mumtoz adabiyotining eng go‘zal namunalaridan ekanligini aytishdi.