1

OʻzDSMIda yoshlar kinofestivali boʻlib oʻtadi

OʻzDSMIda yoshlar kinofestivali boʻlib oʻtadi

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov hamda Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yosh ijodkor talabalarga mablag’ ajratgan holda yangi ijodiy ishlarni yaratish g’oyasi o’rtaga tashlandi.

Shuningdek, joriy yilning may oyida institutda yoshlar kinofestivali bo’lib o’tishi ham ta’kidlab o’tildi. Ushbu festivalga xorijdan nufuzli kinorejissorlarni taklif etgan holda talabalar tomonidan yaratilgan filmlarni baholash ishlarini amalga oshirish bo’yicha yo’l xaritasi shakllantirilishi borasida muhokama bo’lib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozim, yosh kinooperator-kinorejissyorlarning eng yaxshi 5 ta ijodiy ishi homiylik asosida moliyaviy tomondan qo’llab-quvvatlanadi.