O‘zDSMIda yilning eng yaxshi yoshlar yetakchilari taqdirlandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi bilan hamkorlikda tumanda joylashgan mahallalalar yoshlar yetakchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b E.Shermanov, Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi o‘rinbosarlari — B.Nazarov, B.Rajabov va tumanning barcha faol yoshlari ishtirok etishdi.
Marosim davomida “Yilning eng fidoyi” “Yilning eng faol” “Yilning eng namunali” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha yetakchilarga mutasaddi tashkilotlar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir davomida yosh san’atkorlar tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.