O‘zDSMIda yaponiyalik ijodkorlar tomonidan “Echoes of Calling” nomli zamonaviy raqs kechasi tashkil etildi

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan ikki mamlakat vakillari o‘rtasida madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Jahonda madaniyatlararo aloqalarni xalqaro miqyosida sahna san’ati orqali ommalashtirish va targ‘ib qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya mamlakatlari o‘rtasida madaniy va ilmiy hamkorlik aloqalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tarixdan ma’lumki, Yaponiya va Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni o‘rtanishda “Buyuk ipak yo‘li” muhim ahamiyat kasb etgan va yo‘l orqali nafaqat savdo aloqalari balki turli xalqlarga xos madaniyat, turmush tarzi, xalq og‘zaki ijodi, milliy folklor na’munalari bilan birga teatr, musiqa va raqs san’ati ham keng targ‘ib etilgan.
Zamonaviy globalizitsion jarayonda Yaponiya va O‘zbekiston san’atini yangicha qarashlar asosida talqin qilish hamda milliylik bilan zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu jumladan, bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yaponiyalik ijodkorlar tomonidan “Echoes of Calling” nomli zamonaviy raqs kechasi tashkil etildi.
Loyihada teatrlashgan ko‘rinish tarzida “Inson va tabiat” va “Zamonaviy jamiyatda inson omili” kabi mavzular yoritilgan. Turli, tabiat va jamiyat hayotidagi keskin burilishdar va voqeliklar, masalan, pandemiyadan keyingi davrda insonlar o‘rtasidan munosabatlar yangi yo‘llari ochib berilgan.
Shuningdek, ushbu madaniy tadbirda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham ishtirok etdi. Jumladan, asosiy ijrochi sifatida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyati instituti magistranti, Nihol mukofati sovrindori Ahror baxshi Xushvaqtov ijrochi sifatida qatnashdi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Ibrohim Yuldashev so‘zga chiqib, betakror tomosha uchun mehmonlarga, qolaversa, ushbu tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi. Qolaversa, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.