O’zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

Joriy yilning 23-iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘quv teatri binosida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari о‘rtasida an’anaviy о‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng faol talabalar teatr studiyasi” Respublika tanlovining final bellashuvlari boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xodimlari, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilari, ustoz-murabbiylari, talabalari, hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kititgan jamoalar vakillari, mehmonlar qatnashgan mazkur bayramona tanlovda institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev so‘zga chiqib, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishda, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda mana shunday tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligini aytib o‘tdi. Ishtirokchilarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdi.

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

Mamlakatimizning madaniyati hamda sanʼati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘plab buyuk san’atkorlarning ibratli hayoti va samarali faoliyati ham e’tirof etib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, teatr insonlarni ma’naviy tarbiyalashga, ularning bilim va madaniyatini boyitishga, o‘zaro mehr-oqibat, hurmat va do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan maskandir.

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

Ikki kun davom etadigan ushbu nufuzli tadbirda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining “Nastarin” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Andijon davlat universitetining “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining “Zamondosh” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining “Mehr” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Darmon” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialining “Majidiy izdoshlari” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Namangan davlat universitetining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Farg‘ona politexnika institutning “Qirguli” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Buxoro davlat universitetining “Buxoriy” talabalar teatr studiyasi jamoasi, Qarshi muhandislik-iqtisodiyoti institutining “Nihol” talabalar teatr studiyasi jamoasi a’zolari ishtirok etmoqda.

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

Ushbu bellashuv davomida talabalarning aktyorlik qobiliyatlari, iste’dodi va ijodkorliklari namoyon bo‘lmoqda.

Mazkur festivalda ishtirokchilarning chiqishlari “Oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari festivalini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

O'zDSMIda talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi boshlandi

image_pdfimage_print