1

O‘zDSMIda sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zDSMIda sport musobaqalari o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institida “Sport — salomatlik garovi” shiori ostida sportning futbol, shaxmat, kurash, voleybol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa qiziqarli va shiddatli ruhda kechdi. Turnirda nafaqat yigitlar, balki qizlarning ham ishtirok etishi jarayonlarning qiziqarli o‘tganidan darak beradi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan mukofot va diplom bilan taqdirlandi.